Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TOSHKENT VILOYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan hududlardagi elektr energiya infratuzilmasini yaxshilash, mukammal va joriy ta'mirlash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Xususan, 149 km elektr uzatish tarmoqlari va 48 ta transformator punktida ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 142 km tarmoq va 43 ta punkt mukammal ta’mirlandi. Shu bilan bir qatorda 122 ta transformator punkti va 500 km havo tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 461,12 km tarmoq va 111 ta punkt ta’mirlandi. Shuningdek tumanda yil oxirigacha 17,9 km SIP kabel tortish, 6 ta yangi transformator o‘rnatish va 440 ta yangi temir-beton tayanch o‘rnatish rejalashtirilgan. Ayni damda 438 ta tayanch o‘rnatildi va 6,4 km SIP kabel tortildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz