TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
📌📌📌📌📌📌 Toshkent shahrida iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash hamda bu borada О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizning turli hududlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Sergeli tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli "Sergeli gorodskoy", Mirobod tumanidagi 35/10/6 kVli “Saziit” va Mirzo Ulug‘bek tumanida 35/6 kV kuchlanishli "Dagestanskaya" podstansiyalarida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur podstansiyalarda olib borilgan yangilash ishlari natijasida mazkur hududlardagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz