TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #21806

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views10,300Post view count
PostedAug 2508/25/2025, 05:56 AM
Post content

Post content

📌📌📌📌📌📌 BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI UCHUN TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA Aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan qator amaliy ishlar izchil olib borilmoqda. Xususan, Gurlan tumanida joylashgan 110/10 kV quvvatga ega “Gurlan” podstansiyasidan chiquvchi “Arna” havo tarmog‘ida keng ko‘lamli mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar natijasida iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yanada mustahkamlanadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz