Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA KESKIN CHORALAR KO‘RILADI Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligi va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga qaratilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiy filial va korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etishni oldini olish, ularni kelib chiqishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, tizim xodimlari tomonidan o‘tgan davrda sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura prokurori, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig'i hamda boshqa mas’ullar boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan raqamlashtirish jarayonlarini davom ettirish, sohadagi korrupsion holatlarni bartaraf etish, jumladan, sohada manfaalar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga keng urg‘u berildi. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz