Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Sirdaryoda fermer xо‘jaligi elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish natijasida davlat mafaatlariga 399 million so‘mlik zarar yetkazdi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ "Energosavdo filiali" tomonidan respublikamiz bo'ylab elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash va ularga tegishli choralar ko’rish bo'yicha nazorat tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. "Energosavdo" filiali Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida "A.F" fermer xo‘jaligi elektr tarmoqlariga to’g’ridin-to’g’ri ulanib, elektr energiyasidan foydalanib kelayotgani fosh etildi. Mutaxassislar tomonidan tuzilgan dalolatnomaga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdor 399 million so‘mni tashkil qilmoqda. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Ayni paytda qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi qat’iy kurash olib borilishini, bunday qonunbuzarliklar jiddiy jazoga sabab bo‘lishini eslatib o‘tadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz