TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #21857

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views9,590Post view count
PostedAug 2708/27/2025, 08:03 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 34 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI Bugun, 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida " Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida jamiyat rahbariyati tomonidan istiqlol nashidasi, bayram sururi barchani yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undashi, Vatan tuyg‘usi bilan yashash, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona yurtini sevish va ardoqlash, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solib harakat qilish eng oliy tuyg‘u ekanligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, bayram tadbirida tizim yuksalishi yo‘lidagi ko‘p yillik samarali va sermahsul xizmatlari, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki yuqori baholangan bir guruh xodimlarga Mustaqil davlatlar hamkorligi Elektr energetika kengashining “Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida xizmat ko‘rsatgan energetik” unvoni hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining Faxriy yorliq va Tashakkurnomalari topshirildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz