Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 SIRDARYO VILOYATIDA XODIMLAR TOMONIDAN QONUNBUZILISHLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O'TKAZILDI Jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart - sharoitlarni bartaraf qilish bo'yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filialida olib borilgan o‘rganish ishlari yakunlari yuzasidan yuborilgan taqdimnoma bo‘yicha filial xodimlari ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama davomida o‘z ish faoliyati davomida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, xizmat majburiyatlariga rioya qilmagan va hujjatlarni rasmiylashtirmagan xodimlarga choralar ko‘rilishi hamda bunday holatlar takrorlanmasligi ta’kidlandi. Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, sohada qonunbuzilish holatlarining oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik va shaffoflik muhitini mustahkamlash, elektr energiyasini iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etish, kuz-qish mavsumida barqaror elektr ta’minotini ta’minlash hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida korrupsiya nafaqat davlat va jamiyatga, balki har bir fuqaroning moddiy va ma’naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi qayd etilib, har bir fuqaroda ushbu illatga nisbatan qat’iy salbiy munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz