TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
โ† "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23212

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views10,900Post view count
PostedDec 1712/17/2025, 11:14 AM
Post content

Post content

๐Ÿ“Œ๐Ÿ“Œ๐Ÿ“Œ๐Ÿ“Œ๐Ÿ“Œ๐Ÿ“Œ ZAMONAVIY KOGENERATSIYA QURILMASI AHOLINI ISSIQLIK ENERGIYASI BILAN BARQAROR VA UZLUKSIZ TAโ€™MINLASH IMKONINI BERADI Poytaxtda aholi va iqtisodiyot obyektlarini qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan barqaror va uzluksiz taโ€™minlash maqsadida bir vaqtning oโ€˜zida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan bir qator zamonaviy kogeneratsiya qurilmalari ishga tushirilmoqda. Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazi hududida quvvati 100 MVt boโ€˜lgan mazkur loyiha ana shunday muhim tashabbuslardan biridir. Markaz ishga tushirilishi natijasida yiliga 876 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 858 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, yiliga 35 million kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Endilikda poytaxtning Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulugสปbek va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan jami 1 ming 846 ta obyekt doimiy issiqlik energiyasi bilan taสผminlanadi. Ularning 1 ming 400 tasi aholi xonadoni, qolgan qismi esa ijtimoiy soha obyektlaridir. Shuningdek, 292 ming xonadonga elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi. ๐Ÿ“ฑFacebook | ๐Ÿ“ฑTelegram | ๐Ÿ“ฑYouTube | ๐Ÿ“ฑInstagram | ๐Ÿ“ฑX | ๐Ÿ“ฑ het.uz