Post content
📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikat va AJ 9001:2015 sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bu nima beradi? Prezidentimizning 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida vazirlik va idoralar oldiga ISO 9001 xalqaro standartini joriy etish orqali ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish vazifasi qo‘yilgan. Qarorga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan boshqaruvi tizimi bo‘yicha ish faoliyati jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda har yil yakuni bo‘yicha Jamiyat ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko‘ra baholab boriladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu dasturga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati", "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" kabi ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilingan va o'rnatilgan tartibda barcha xodimlarga tanishtirish va tushuntirish ishlari amalga oshirib borilmoqda. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz