TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23219

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views12,000Post view count
PostedDec 1712/17/2025, 12:59 PM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 POYTAXT ENERGETIKLARI XALQ XIZMATIDA "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ tomonidan sovuq iqlim mavsumida aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, doimgidek oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar. Xususan, Chilonzor tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tumanning “1-Katta Chilonzor” MFY hududidagi transformator punktidan chiquvchi quvvati 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli 360 metr uzunlikda boʻlgan yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Bu bilan aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti tubdan yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz