Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 NOQULAY OB-HAVO SABAB ELEKTR TARMOQLARIDA YUZAGA KELGAN UZILISHLAR BARTARAF ETILMOQDA Hududlarida kuzatilgan yog‘ingarchilik oqibatida yurtimizning turli hududlarida elektr uzatish tarmoqlarida texnik nosozliklar va vaqtinchalik elektr ta’minotida uzilishlari qayd etilgan. Mazkur holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi barcha shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida maxsus tezkor brigadalar faoliyat olib bormoqda. Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining mutaxassislari tomonidan elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida ta’mirlash-tiklash ishlari izchil olib borilib, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tiklanmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz