TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23283

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views26,000Post view count
PostedDec 1912/19/2025, 03:51 PM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 HUDUDLARDA ELEKTR TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ VAZIYAT BO‘YICHA RASMIY MUNOSABAT Bugun ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bir qator hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabarlar e’lon qilindi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni bildiradi. Ayni kunlarda havo haroratining keskin pasayishi natijasida aholi va ijtimoiy soha obektlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabining ortishi natijasida tarmoqlarga tushayotgan yuklamalar sezilarli darajada oshmoqda. Ayrim hududlarda mavjud elektr tarmoqlari yuqori yuklamaga yaqin ishlamoqda. Shu bois, elektr uskunalari va taqsimlash punktlarida avariya holatlari yuzaga kelmasligi hamda tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida zarur texnik va profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu choralar mavjud infratuzilmani saqlab qolish va xavfsiz ishlashni ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda, respublikamizning turli hududlarida yog‘ib o‘tgan qor natijasida elektr tarmoqlarida kuzatilgan nosozliklar tufayli avariyaviy hodisаlar kuzatildi. Taqsimlash tarmoqlardada yuzaga kelgan avariyaviy holatlar tezkor chiqish brigadalari tomonidan noqulay ob-havo sharoitiga qarmasdan bartaraf etildi. Shuningdek, yurtimizning bir qator hududlarida ob-havo sharoiti yuzaga keltirgan turli noqulay sharoit tufayli (qalin qor, yuqori namgarchilik) ta’mirlash va tiklash ishlari bugun ham davom ettirildi. Shu о‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar tomonidan yuborilgan murojaatlar asosida e’lon qilgan xabarda keltirilganidek, hududlarda sutkalab elektr tarmog‘ida uzilishlar haqidagi xabarlar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoqlarga yuborilgan mazkur xabarlardagi manzillar yuzasidan qо‘shimcha surishtiruv о‘tkazilishini ma’lum qilamiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yuzaga kelgan kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va barcha murojaatlar tezkor hal etilayotganini, muammoli hududlarda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz