TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23289

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views11,800Post view count
PostedDec 2012/20/2025, 06:41 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 SERGELI TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI BOSQICHMA-BOSQICH TIKLANMOQDA Avval xabar berganidek, bugun 20-dekabr kuni Sergeli tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «Sergeli-35» podstansiyasidan chiquvchi Turmanov va Bozor uzatmalariga ulangan 6 kV yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida yuzaga kelgan shikastlanishi natijasida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni paytda tezkor ta’mirlash ishlari yakunlanib, Sergeli tumanining «Xontepa», «Xonobodtepa», «Eski Jaloyir», «Nomdanak» hamda «Sultonobod» mahallalarida elektr energiyasi to‘liq tiklandi. Tez orada ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng qolgan hududlarda ham elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi. Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz