TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23363

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views15,700Post view count
PostedDec 2212/22/2025, 12:39 PM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ENERGETIKLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI Bugun, 22-dekabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishdek mas’uliyatli vazifani mashaqqat bilan ado etayotgan bir guruh kasb fidoyilarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari, faxriy energetiklar va markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi. Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiy korxonalarida 24 mingdan ortiq ishchi xodimlar iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida tunu-kun faoliyat yuritishmoqda. Xususan, hozirgi qish oylarida tizimda 24 soatlik ish rejimiga o‘tilgani, “Tezkor dispetcherlik shtabi”, aholi murojaatlarini tunu kun qabul qilish hamda tezkor hal etish bo‘yicha tizimli ishlar bajarilayotgani xalqimiz turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz