Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 KOMPLAYENS NAZORAT TUZILMALARI XODIMLARI TOMONIDAN 28 MLRD. SО‘MDAN ORTIQ ELEKTR ENERGIYASIDAN QONUNGA XILOF RAVISHDA FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI Ma’lumki, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi korxonalar Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar kо‘rish yuzasidan tadbirlar о‘tkazilmoqda. Xizmat xodimlari tomonidan joriy yilning 1-15 dekabr kunlari davomida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qiymati 28,7 mlrd. sо‘mlik16,1 mln.kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlandi. Tо‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bо‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz