Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI O'RGANISHLARI O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshchiligida Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida elektr, gaz va boshqa kommunal sohalarda debitor qarzdorliklarni qisqartirish, aholi iste’molchilarida iste’mol madaniyatini oshirish, tejamkor qurilmalardan foydalanish orqali ham energiyani tejash, ham oila byudjetiga foyda keltirish masalalari bо‘yicha о‘rganishlar о‘tkazildi. Tadbir davomida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, texnologik va notexnologik yo‘qotishlarni kamaytirish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, viloyatining barcha tumanlarida ko‘rgazmali seminar ham tashkil tashkil etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz