Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Rasman. Prezident farmoni bilan quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi: (a) 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31 dekabr – chorshanba; (b) 2026-yilda: (i) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma, 28-may – payshanba, 29-may – juma, 31-avgust – dushanba; (ii) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba, 30-may – shanba, 31-dekabr – payshanba. 2. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq: (a) ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 8 mart – Xotin-qizlar kunibayrami 2026-yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21-mart – Navro‘z bayrami hamda 9-may – Xotira va qadrlash kunibayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026-yil 9-mart, 23-mart va 11-may – dushanba kunlariga ko‘chirilishi; (b) ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026 yilda 12 dekabr – shanba kunidan 31 dekabr – payshanba kuniga ko‘chirilsin. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz