TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23403

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views7,750Post view count
PostedDec 2612/26/2025, 06:18 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi. “So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz