Post content
Rasmiy xabar Bugun soat 02:20 da 220 / 110 / 35 / 6 kV "Qo‘yliq" podsansiyasidan chiquvchi Uzbekistan Airports tasarrufida bo‘lgan 35 kV yuqori kuchlanishli "Aeroport-5" tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada Toshkent aeroportida elektr energiyasi ta’minotida uzilish yuzaga kelgan. Bu paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli barcha tarmoqlar soz holatda bо‘lgan. Soat 02:49 da Aeroport iste’molchi tasarrufidagi zaxira tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanganligini ma’lum qilamiz. Uzbekistan Airports rasmiy xabariga ko‘ra, mazkur uzilish samolyotlarning uchishi va qo'nishiga ta'sir qilmagan hamda barcha xizmatlar odatiy rejimda faoliyat olib bormoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz