TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23477

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views36,100Post view count
PostedJan 601/06/2026, 07:53 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 HUDUDIY KORXONALARNING MODDIY TEXNIK IMKONIYATLARI YANADA YAXSHILANMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-iyundagi “Hududlardagi taqsimlash tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish hamda elektr tarmoqlari obektlarida ro`y beradigan avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to`g`risidagi” Farmoyishiga asosan Xitoy Xalq Respublikasidan 400 dona yuk va yo`lovchi tashuvchi maxsus elektromobillar xarid qilindi. Ayni paytda mazkur elektromobillar bosqichma-bosqich hududlarga yetkazib berilmoqda. Ushbu maxsus texniklar hududlarda tezkor brigadalar faoliyatini yanada yaxshilash imkonini beradi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz