Post content
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialiga maxsus elektromobillar topshirildi Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 400 dona yuk va yo‘lovchi tashuvchi maxsus elektromobillar xarid qilindi. Bugun mazkur maxsus elektromobillarning 30 donasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialiga tanatanali ravishda topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T. Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F. Ermanovlar so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda aholini elektr engergiyasi bilan ta'minlash borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar zamirida Prezidentimizning soha rivojiga qaratayotgan doimiy e'tibori turganligini mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tdilar. Ushbu maxsus texniklar hududning tuman shahar elektr ta’minoti bo‘limlariga teng taqsimlanadi hamda tezkor brigadalar faoliyatini yanada yaxshilash imkonini beradi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz