TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23497

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views15,000Post view count
PostedJan 801/08/2026, 05:57 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 2025-YILNING NOYABR OYIDA 1,1 MILLIONDAN ORTIQ EHTIYOJMAND OILALARGA 1,2 TRLN SO‘M BIR MARTALIK MODDIY YORDAM TO‘LAB BERILDI Ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi bo‘yicha oyiga bazaviy me’yordan ortiq 150 kVtgacha va tabiiy gaz bo‘yicha isitish mavsumida 250 kub metrgacha (istish mavsumidan tashqari oylar uchun 150 kub metr) ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yoridan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib berilmoqda. 2025-yil 1-maydan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan 562,9 ming nafar ehtiyojmand oilaga 41,6 mlrd so‘m kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berildi. Shundan, elektr energiya uchun 30,0 mlrd so‘m va tabiiy gaz uchun esa 11,6 mlrd so‘m. Ma’lumot uchun, 2024-2025 yilgi isitish mavsumidagi elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yoridan ortiq iste’mol qilgan 207 962 nafar ehtiyojmand oilaga 23,3 mlrd so‘m kompensatsiya pullari to‘lab berilgan. Shuningdek, 2025-yilning noyabr oyida 1 mln 161 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga 1,2 trln so‘m bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi. Ajratilgan moddiy yordamlar hisobiga fuqarolar isitish mavsumi uchun ko‘mir zaxirasi yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa ehtiyojmand aholi xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz