Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 HAR QANDAY OB-HAVODA MAS’ULIYAT VA FIDOYILIK IFODASI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash, shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida hududlarda keng ko‘lamli mukammal ta’mirlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, Qo‘shko‘pir tumanida joylashgan 110/35/10 kVli “Qo‘shko‘pir” podstansiyasidan chiquvchi “Pillakash” havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur amaliy ishlar doirasida elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, ularning ishonchliligi va xizmat muddatini oshirishga qaratilgan. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz