Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 YASHIL ELEKTROMOBILLAR — XALQ XIZMATIDA! "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filialining moddiy-texnik bazasi yangilandi. “HET” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-iyundagi “Hududlardagi taqsimlash tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, elektr tarmoqlari obyektlarida yuzaga keladigan avariyalarni tezkor bartaraf etish hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq Xitoy Xalq Respublikasidan yuk va yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan maxsus elektromobillar xarid qilindi. Kuni kecha 15 dona Changan T-10 rusumli elektrmobillar Sirdaryo viloyatiga yetib keldi. Mazkur elektromobillar avariya-tiklash brigadalarining tezkorligi va samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda ekologik toza transportdan foydalanish orqali energiya tejamkorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz