TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23536

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views13,800Post view count
PostedJan 1201/12/2026, 04:20 PM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 TOSHKENT HAMDA SAMARQAND VILOYATLARIDA 1,4 MLRD SО‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Toshkent va Samarqand hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bо‘limi) ,shuningdek, tuman elektr ta’minoti bо‘limlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan о‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan о‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Xususan, Samarqand viloyati Nurobod tumanda о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “N B S” avto yuvish shahobchasi hisoblagichdan tashqari tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi fosh etildi. Shuningdek, Toshkent vioyati Ohangaron tumanda о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Z A A” YaTTtegishli yuridik korxonada ham hisoblagichdan tashqari elektr energiyasidan yashirincha yо‘l bilan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi. Natijada, davlat manfaatlariga jami 1,4 mlrd. sо‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz