TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23564

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views9,200Post view count
PostedJan 1601/16/2026, 05:56 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 QASHQADARYODA 300 MVT QUVVATLI QUYOSH FOTOELEKTR STANSIYASI VA 75 MVT QUVVATLI ENERGIYA SAQLASH TIZIMI QURILADI Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan “Abu Dhabi Sustainability Week 2026” xalqaro haftaligi doirasida barqaror rivojlanish, energetika sohasidagi hamkorlik, investitsiyalarni jalb qilish hamda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, shuningdek, tegishli tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt·soatli energiya saqlash tizimi (BESS)ni o‘z ichiga olgan loyiha bo‘yicha moliyalashtirish masalalari yuzasidan kelishuv imzolandi. Mazkur loyiha BAAning“Masdar” kompaniyasi ishtirokida DXSH asosida amalga oshiriladi. Loyihani moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari ishtirokida ta’minlanadi. Jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyaviy resurslar jalb etiladi. Shuningdek, moliyalashtirish paketida Kanada va Finlyandiya hukumatlari mablag‘lari, Yaponiya bilan hamkorlik jamg‘armasi doirasidagi resurslar hamda bank instrumentlari nazarda tutilgan. Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng atmosferaga yiliga 280 ming tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi, 231 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi, shuningdek, 280 mingtaga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Gʻuzor loyihasi “Masdar” kompaniyasining O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bo‘lib, ushbu loyihalarning umumiy quvvati taxminan 2 GVtni tashkil etadi. Mazkur yo‘nalishda jalb etilgan investisiyalar hajmi 2 milliard AQSH dollaridan ortdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz