TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23567

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views11,100Post view count
PostedJan 1601/16/2026, 12:07 PM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 XODIMLAR O‘RTASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialida xodimlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etishni ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig‘i, filial rahbariyati, Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda jamiyat boshqaruv raisining ko‘rsatmalariga muvofiq, xodimlarning xizmat faoliyati hamda xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori, jamoatchilik bilan munosabatlariga oid odob-axloq qoidalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, mazkur qoidalarga rioya etilishi doimiy nazoratda ekanligi, talablar buzilgan taqdirda belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Yig‘ilish davomida xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ehtimoliy holatlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz