TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TUNGI REYD TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan viloyat bo‘ylab elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari izchil ravishda olib borilmoqda. Reydlar jarayonida mutaxassislar tomonidan barcha toifadagi iste’molchilarda elektr hisoblagichlarining holati, elektr tarmoqlariga qonuniy ulanishlar hamda elektr energiyasi iste’molining to‘g‘ri hisobga olinishi qat’iy nazorat qilinmoqda. Aniqlangan noqonuniy holatlar E-Dalolatnoma tizimi orqali rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz