TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23612

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views24,200Post view count
PostedJan 1801/18/2026, 09:49 AM
Post content

Post content

Noqulay ob-havo sinovlariga qaramay — uzluksiz elektr taʻminoti yoʻlida fidokorona mehnat “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali Boysun tumani elektr taʻminoti korxonasi xodimlari noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, Sarimast dovoni hududida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan texnik nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etdi. Mazkur tarmoq Oʻrta Machay, Yuqori Machay hamda Qizilnavr mahallalarini elektr energiyasi bilan taʻminlaydi. Xodimlarning kasbiy mahorati, fidokorona mehnati va masʻuliyatli yondashuvi natijasida nosozliklar toʻliq bartaraf etilib, isteʻmolchilarga elektr energiyasi uzluksiz tarzda qayta tiklandi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz