Post content
Gaz va elektr subsidiyasiga onlayn murojaat qilish mumkin bо‘ladi 1-fevraldan boshlab elektr energiyasi va gaz xarajatlariga kompensatsiya olish uchun online murojaat qilish mumkin bо‘ladi. Bu bо‘yicha 2025-yil 31-dekabrda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ijtimoiy norma doirasida va limitdan ortiqcha elektr energiyasi va gaz iste’moli uchun tariflar о‘rtasidagi farqni qoplash bо‘yicha xizmat kо‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Xususan, kompensatsiya olish uchun mustaqil ravishda murojaat qilishga ruxsat beriladi. Endilikda arizalarni, Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazi va mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali topshirish mumkin. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz