TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23722

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views7,740Post view count
PostedJan 2201/22/2026, 12:15 PM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 21-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi Tizim 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Elektr stansiyalari orqali jami 272,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Iste’molchilariga 245,7 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 146,2 mln kub metrni tashkil qildi. Birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi oshirildi. Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 21-yanvar kuni birja savdolariga jami 12,3 ming tonna avtobenzin va 14,7 ming tonna dizel yonilg‘isi chiqarilib, shundan 5 ming tonna benzin va 680 tonna dizel yonilg‘isi sotildi. Shuningdek, birja savdolariga 2 428 tonna suyultirilgan gaz chiqarilib, shundan 2 368 tonnasi sotildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz