TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #23756

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views4,070Post view count
PostedJan 2201/22/2026, 06:30 PM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #24_soatlik_navbatchilik_asosida Andijon shahrining Hunarmand, O‘zgarish, Istiqlol, Shifokor, Madaniyat, Hamdo‘stlik va Gumbaz MFY hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Tinchlik” va “Gvardiya” elektr uzatish tarmoqlaridan chiquvchi 6 kV kabel kanalida yuzaga kelgan nosozlik bo‘yicha tezkor ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Aholiga qulaylik yaratish va uzluksiz ta’minotni saqlab qolish maqsadida, elektr energiyasidan uzilgan hududlar vaqtincha zahira tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda. Hozirda tezkor chiqish brigadalari barcha kuch va texnik vositalarni safarbar etgan holda, nosozlikni qisqa muddatda bartaraf etish ustida ishlamoqda. Ta’minot tez fursat ichida to‘liq qayta tiklanadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz