TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
#24_soatlik_navbatchilik_asosida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning barcha tuman hamda shahar elektr ta'minot korxonalari xodimlari iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib bormoqda. Hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olish va ularni operativ bartaraf etish uchun 890 nafar muhandis-texnik xodimlardan iborat 185 ta tezkor avariya brigadalari shakllantirilgan. Ayni vaqtda barcha hududlarda brigadalar o‘z ish faoliyatini olib borishmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz