Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 XODIMLAR O‘RTASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filialida xodimlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etishni ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig‘i, filial rahbariyati, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda, jamiyat boshqaruv raisining ko‘rsatmalariga ko‘ra sohada xodimlarning xizmat faoliyati davrida va xizmatdan tashqari odob-ahloq, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir ishlab chiqilgan qoidalari bilan tanishtirilib, amal qilish nazoratda ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, maishiy korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, energosamaradorlikni oshirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari, filialda odob-axloq masalalari bo‘yicha tartib-qoidalar xodimlarga batafsil tushuntirildi. Ushbu talablar buzilgan taqdirda, zaruriy intizomiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida barcha xodimlar ogohlantirildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz