Post content
#Live SOVUQ OB-HAVOGA QARAMASDAN POYTAXT ENERGETIKLARI XALQ XIZMATIDA “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tasarrufidagi Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Xususan, tumanning “Charx Kamolon” MFY hududida aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan yanada barqaror ta’minlash, mavjud tarmoqlardagi yuklamani kamaytirish hamda ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Ta’kidlash joizki, ushbu ishlar qor yog‘ishi va noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan to‘xtab qolgani yo‘q. Poytaxt energetiklari tun-u kun mehnat qilib, har qanday sharoitda ham aholining elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz