TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
#Live Namangan viloyatida kuzatilayotgan sovuq havo, kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi natijasida ayrim hududlarda elektr tarmoqlarida nosozliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan mutaxassislar tomonidan uzilgan elektr tarmoqlarini tezkor qayta tiklash, shuningdek, maxsus qurilmalar orqali hududlardagi transformator punktlarining texnik holatini aniqlash ishlari olib borilmoqda. Noqulay ob-havo va yo‘l sharoitlariga qaramasdan, barcha hududlarda xodimlar maxsus kiyim-bosh hamda maxsus transport vositalari bilan ta’minlangan holda uzluksiz ravishda tiklash ishlarini davom ettirmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz