TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24604

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views6,730Post view count
PostedMar 1903/19/2026, 07:54 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #IjtimoiyYordam OG‘IR TOIFADAGI YOSHLAR RAHBAR E’TIBORIDA Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingan. Shu munosab bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali rahbari Yodgor Dexkanov o‘ziga biriktirilgan Boyovut tumanidagi mahallada og‘ir toifaga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni hal etish hamda bandligini ta’minlashdan iborat. Uchrashuv davomida rahbar yoshlar bilan samimiy muloqot olib borib, ularning muammo va takliflarini diqqat bilan tingladi. Yoshlar tomonidan bandlik, ta’lim olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va tikuvchilik faoliyatini kengaytirish kabi masalalar ko‘tarildi. Rahbar tashabbusi bilan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va kelajakka ishonch bilan qarashiga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz