Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 "VAZIR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI OʻTKAZILDI Energetika vazirining Samarqand viloyatidagi energetika korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlar energetika sohasidagi yangilanishlar, ish jarayonlarida uchrayotgan masalalar, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘z fikr va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar. Vazir tomonidan ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berilib, ilgari surilgan takliflarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Jarayonlar haqida batafsil — viloyat telekanalining “Samarqand yangiliklari” axborot dasturida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz