TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24645

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views10,900Post view count
PostedMar 2403/24/2026, 02:30 PM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI TOMONIDAN YO‘LLANGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy e’tiborda bo‘lib, joylarda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash borasida tizimli va aniq manzilli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Urganch tumani “Beshayvon” mahallasida yashovchi iste’molchilar tomonidan elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan murojaat kelib tushgan edi. Mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, muammoni bartaraf etish choralariga ko'rilmoqda. Ayni paytda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali Urganch tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan ushbu hududda 20 ta zamonaviy temir-beton tayanchlarni qurish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 0,6 km uzunlikdagi yangi ochiq elektr uzatish tarmog‘ini tortish hamda quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punktini o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. Mazkur amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hudud aholisining elektr ta’minoti sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz