TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24658

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views9,480Post view count
PostedMar 2503/25/2026, 02:38 PM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATLARI – AMALDA: IZBOSKANDA KENG KO‘LAMLI ELEKTR TARMOG‘I YANGILANMOQDA Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish, ularni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi izchil ta’minlanmoqda. Bu borada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan manzilli va tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Izboskan tumani “Jome” MFY hududida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududda elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar boshlab yuborildi. Ayni paytda mazkur hududda jami 52 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatish hamda 2 dona transformator punktlarini qurish ishlari jadal olib borilmoqda. Mazkur ishlar yakunlangach, hudud aholisi uchun elektr energiyasining sifatli va barqaror yetkazib berilishi ta’minlanadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz