Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATI E’TIBORDA: CHIG‘ATOY DARVOZADA YANGILANISH ISHLARI Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida aholi murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi «Chig‘atoy Darvoza» MFY hududida iste`molchilarning elektr ta’minotiga oid murojaatlari asosida amaliy choralar ko‘rildi. Hududda 5 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi, 40 dan ortiq yog‘och ustunlar zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirildi, 650 metr elektr uzatish tarmog‘i SIP kabelga yangilandi hamda 4x120 o‘rniga 4x240 turdagi kabel tarmoqlari o‘rnatildi. Natijada aholi sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda. Mazkur yo‘nalishda ishlar izchil davom ettirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz