Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 CHEKKA HUDUD AHOLISINING MUROJAATI IJOBIY YECHIM TOPDI Navoiy viloyatining markazidan ancha olis, cho‘l hududida joylashgan Tomdi tumaninng “Qulimbet” ovulidan O‘zbekiston Respublikasi Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaat asosida elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Murojaat asosida hududga kelgan 10 kVli elektr tarmog‘ida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari bajarildi. Xususan, yillar davomida foydalanib kelingan eski yog‘och ustunlar o‘rniga 120 dona yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu yangilanishlar elektr uzatish tarmoqlarining ishonchliligini oshirib, turli nosozliklar va uzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Natijada hudud aholisi endilikda barqaror va sifatli elektr ta’minotidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz