Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 ENERGETIKLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati huzurida tashkil etilgan “Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” soha mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalarini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan 2025-yil davomida mazkur markazda xavfsizlik texnikasi, texnik oʻqitish, quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh kollektorlarini loyihalash, o‘rnatish hamda xizmat ko‘rsatish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi yo‘nalishlarida jami 1 256 nafar xodim malaka oshirdi. Joriy 2026-yilda esa bu ko‘rsatkichni qariyb 2 000 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Joriy yilning mart oyida markaz tomonidan tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari dispetcherlari, elektr energiyasi hisobini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bo‘limi boshliqlari hamda muhandis-texniklardan iborat 30 dan ortiq xodim uchun ikki haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Tinglovchilar o‘quv jarayonida yoqilg‘i-energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish choralarini ko‘rish, yuqori kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish kabi dolzarb yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini boyitdilar. Kurs yakunida xodimlarning malakasi baholanib, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi. Soha xodimlarini o‘qitish ko‘lamini hududlar kesimida yanada kengaytirish maqsadida, joriy yilning aprel oyida “Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi”ning Samarqand viloyati filiali ochilishi kutilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz