TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24697

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views12,400Post view count
PostedMar 2803/28/2026, 10:07 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 “BIR XATONING MING JAFOSI”: ENERGETIKLAR UCHUN HAYOTIY SABOQLAR Energetika tizimida 47 yillik tajribaga ega bo‘lgan faxriy energetik Ro‘ziqul Rayimovning“Bir xatoning ming jafosi” kitobi soha xodimlari uchun muhim qo‘llanma hisoblanadi. Muallif uzoq yillik faoliyati davomida guvohi bo‘lgan, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuz bergan jonli voqea-hodisalarni kitobga jamlagan. Ushbu asar nafaqat mashaqqatli kasb egalarining mehnatini, balki bir soniyalik eʼtiborsizlik qanday baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishini hikoya qiladi. Energetika vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, tizimda xodimlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Vazirlikda kitob o‘qish soati” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Biz ushbu kitobdagi eng muhim va ibratli parchalarni sizlarga taqdim etib boramiz. Kanalimizni kuzatib boring 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz