Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 SIRDARYODA 470 MLN SO‘MLIK NOQONUNIY ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd davomida Sirdaryo tumani “U. U. U. Y” fermer xо‘jaligida elektr energiyasidan hisoblagichdan tashqari, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat natijasida 470 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, to'plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi. Hurmatli iste’molchilar, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz