TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24702

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views9,250Post view count
PostedMar 3103/31/2026, 04:53 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI Andijon tumanining “Haqiqat” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushgan edi. Mazkur murojaat Andijon tuman elektr ta’minoti korxonasi hamda tuman hokimligi hamkorligida atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Xususan, murojaat asosida hududdagi eskirgan 12 dona yog‘och tayanchlar zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirildi. Amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshirilib, iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyati yanada yaxshilandi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz