Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 O'ZARO TAJRIBA ALMASHISH: JIZZAXLIK ENERGETIKLAR FARG‘ONADAGI ISH JARAYONLARI BILAN TANISHDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining topshirig‘iga muvofiq, hududlar o‘rtasida tajriba almashish, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialining bir guruh mutaxassislari Farg‘ona viloyatida bo‘ldi. Tashrif davomida energetiklar “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning ishlab chiqarish va ta’mirlash yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, korxona tasarrufidagi polimer izolyatorlar, SIP armaturalar, traverslar hamda temir-beton tayanchlar ishlab chiqarish uchastkalarida bo‘lib, bu yerda mahsulotlarni tayyorlashning zamonaviy bosqichlari, sifat nazorati va texnologik jarayonlar o‘rganildi. Shuningdek, mehmonlar elektr qurilmalarini ta’mirlash bo‘limi faoliyati bilan ham tanishib, mavjud texnika va uskunalardan unumli foydalanish, ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda va sifatli tashkil etish borasidagi amaliy tajribalarni o‘rgandilar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz