TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24723

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views7,770Post view count
PostedApr 104/01/2026, 07:27 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌📌 FARG‘ONA VILOYATIDA 1,4 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI Avval xabar berganimizdek, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) va Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti hamda IJQK departamenti mutasaddilari ishtirokida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari davom etmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Kuni kecha, Farg‘ona viloyati Oltariq tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida "A.S.B" kо‘p tarmoqli fermer xо‘jaligi tomonidan о‘rnatilgan hisoblagichga qasddan tashqi ta’sir о‘tkazgan holda о‘rnatilgan tamg‘ani buzib, elektr energiyasidan noqonuniy holatda foydalanib kelish holati aniqlandi. Moddiy zararni aniqlash bo‘yicha qayta hisob-kitob natijalariga ko‘ra, fuqaro tomonidan davlat manfaatlariga jami 1,4 mlrd. so‘m so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz