TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT POST

Post #24742

@hetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Views6,870Post view count
PostedApr 204/02/2026, 05:04 AM
Post content

Post content

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATLARIGA TEZKOR YECHIM — USTUVOR VAZIFA Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, Yangiyo‘l shahrining Bog‘bon mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan zarur choralar ko‘rildi hamda hududdagi mavjud muammolar qisqa muddatda bartaraf etildi. Aholi bilan ochiq muloqot qilish,murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz