Post content
📌 📌 📌 📌 📌 📌 SIZNING FAOLIYATINGIZ — BIZLAR UCHUN IBRAT, SABR VA DONOLIK MAKTABIDIR,QADRLI USTOZLAR! “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda uzoq yillar samarali mehnat qilib, jamoa rivojiga munosib hissa qo‘shgan, yetuk mutaxassis yosh kadrlarni tarbiyalab, ko‘plab shogirdlar yetishtirib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan xodimlarimizni nafaqaga kuzatish tadbiri bo’lib o’tdi. Tantanali tadbirda ustozlarga chuqur minnatdorlik va ehtirom izhor etilib, xodimning yillar davomida to‘plagan tajribasi, fidoyiligi va mas’uliyat bilan olib borgan faoliyati chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etib o‘tildi. Tadbirda so‘zga chiqqan jamiyat mutasaddilari faxriylarning korxona taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, kelgusi hayot yo‘llarida sihat-salomatlik, xotirjamlik va uzoq umr tiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz